Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone Chempionlar ligasida "Manchester Yunayted" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng jamoa vingeri Aleks Baenaning o‘yini haqida fikr bildirdi.
"Men Aleks Baenaning hozirgi sport formasidan juda mamnunman. O‘ylashimcha, jahon chempionatida ishtirok etish va unda g‘olib chiqish unga o‘tgan mavsumda yetishmagan bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishonchni berdi.
Hozir u biz uni jamoaga taklif qilayotganimizda ko‘rgan futbolchiga tobora o‘xshab bormoqda", — dedi Simeone CBS Sports Golazo nashriga bergan intervyusida.
"Manchester Yunayted"ga qarshi 2:0 hisobida yakunlangan uchrashuvda Baena 71 daqiqa maydonda harakat qildi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Atletiko" Baenani 2025 yilda "Vilyarreal"dan 42 million yevroga sotib olgan.
Joriy mavsumda vinger barcha musobaqalar doirasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













