"Milan" markaziy himoyachisi Fikayo Tomori klub rahbariyati bilan yangi shartnoma imzolash borasida kelishuvga erisha olmadi. Bu haqda insayder Nikolo Skira o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, 28 yoshli angliyalik futbolchi va "rossonerilar" o‘rtasidagi muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Tomori kelasi yozda Italiya klubini erkin agent sifatida tark etishga yaqin turibdi.
Fikayo 2021 yilning yozidan buyon "Milan" sharafini himoya qilib kelmoqda. Himoyachining transfer qiymati 10 million yevroga baholanmoqda.
O‘tgan mavsumda Tomori Italiya A Seriyasida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, u 6 marta sariq kartochka olgan va bir marta maydondan chetlatilgan.













