Kataloniyaning "Barselona" klubi 19 yoshli vingeri Lamin Yamal har safar maydonga tushganida gol urishni istashini bildirdi.
"Menda har doim gol urish istagi bor", — deya ispaniyalik futbolchining so‘zlarini keltirmoqda The Touchline.
"Barselona" so‘nggi uchrashuvini UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 2-turida safarda Turkiyaning "Galatasaroy" klubiga qarshi o‘tkazdi. "Ko‘k-anorranglilar" ushbu bahsda 4:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. Yamal mazkur uchrashuvda gol ura olmadi.
Xans-Diter Flik shogirdlari navbatdagi o‘yinini Ispaniya chempionati doirasida Sevilyaning "Betis" klubiga qarshi o‘tkazadi.













