Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

Arbeloaning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan asosiy nomzod ma’lum bo‘ldi

Arbeloaning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan asosiy nomzod ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Londonning «Fulxem» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloaning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan asosiy nomzod ma’lum bo‘ldi.

Avvalroq ispaniyalik mutaxassis yaqin vaqt ichida o‘z lavozimidan ozod etilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Topskills Sports UK nashrining ma’lum qilishicha, Arbeloaning o‘rniga asosiy nomzod «Brentford» va «Tottenxem» klublarining sobiq bosh murabbiyi Tomas Frank hisoblanmoqda.

Shuningdek, nomzodlar ro‘yxatidan «Ipsvich»ning sobiq ustozi Kiran Makkenna ham o‘rin olgan.

Angliya Premyer-ligasining dastlabki olti turidan so‘ng «Fulxem» bor-yo‘g‘i 2 ochko to‘plab, turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida bormoqda.

Londonliklar navbatdagi turda o‘z maydonida «Xall Siti»ni qabul qiladi. Uchrashuv 17 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 16:54, 14.10.2026.
O'qildi: 1216 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик