Belgiyaning «Bryugge» klubi hujumchisi Nikolo Tresoldi UYEFA Chempionlar ligasida yangi rekord o‘rnatdi.
Germaniyalik, italiyalik kelib chiqishga ega futbolchi «Inter»ga qarshi Milanda o‘tkazilgan uchrashuvda xet-trik qayd etdi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu natija Trezoldiga Chempionlar ligasida germaniyalik futbolchilar o‘rtasida yangi rekord o‘rnatish imkonini bergan.
Nikolo 22 yoshu 54 kunligida musobaqada xet-trik qayd etib, bunday natijaga erishgan eng yosh germaniyalik futbolchiga aylandi.
Shu tariqa, u Karim Adeymining avvalgi rekordini yangiladi. Adeymi Chempionlar ligasida xet-trik qayd etgan paytda 22 yoshu 257 kunlik edi.
«Bryugge» Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi navbatdagi uchrashuvini Fransiyaning «Lill» klubiga qarshi o‘tkazadi.













