«Manchester Yunayted» himoyachisi Lisandro Martinesning klubdagi kelajagi so‘roq ostida qoldi. Argentinalik futbolchining so‘nggi bayonotlari jamoa rahbariyati va kiyinish xonasida norozilik keltirib chiqardi.
Chempionlar ligasida «Atletiko»dan 0:2 hisobida uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Martines klubning transfer bozorida faolroq harakat qilishini kutganini aytgan edi.
Sky Sports ma’lumotiga ko‘ra, jamoa Manchesterga qaytish uchun samolyotga chiqayotgan paytda kamida bir nafar futbolchi Martinesning fikrlariga qo‘shilmasligini uning o‘ziga bildirgan.
Martines yozdayoq «Manchester Yunayted»ni tark etishni istagan va «Atletiko»ga o‘tishga harakat qilgan. Biroq Angliya klubiga ma’qul keladigan taklif kelib tushmagan.
28 yoshli himoyachining shartnomasi kelasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi. Klub kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatiga ega, ammo bu borada hozircha qaror qabul qilinmagan.
Martines bilan kelishmovchilikning yanada kuchayishi «Manchester Yunayted» himoyasidagi vaziyatni murakkablashtirishi mumkin. Jamoa jarohatlar va diskvalifikasiyalar sababli himoya chizig‘ida allaqachon muammolarga duch kelmoqda.













