«Manchester Siti» klubining sobiq futbolchisi Samir Nasri jamoaga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo choralari haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Manchesterliklar 2009–2018 yillar davomida ko‘plab moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblanmoqda. Shu sababli klubga jiddiy sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin.
«Men xavotirda emasman. O‘tgan hafta klub prezidentiga xabar yubordim. Uni qo‘llab-quvvatlashni va hammasi joyida ekanini bilishni istadim.
Ular o‘zlariga ishonishmoqda va hammasi yaxshi yakunlanadi, deb hisoblashmoqda.
Bu masala yuzasidan sobiq futbolchilarning ko‘plab fikrlarini ko‘rdim. Biz barcha sovrinlarni maydonda qo‘lga kiritganmiz.
Bizni chempionlik unvonlaridan mahrum qilishlari mumkin, ammo biz ularga munosib bo‘lganimizni yaxshi bilamiz», — deya fransiyalik sobiq futbolchining so‘zlarini keltirmoqda City Xtra.
Samir Nasri 2011 yildan 2017 yilgacha «Manchester Siti» klubiga tegishli bo‘lgan.













