Myunxenning «Bavariya» klubi sport direktori Maks Eberl UYEFA Chempionlar ligasida «Viking»ga qarshi o‘yinda Maykl Olisening maydondan chetlatilishiga munosabat bildirdi.
Fransiyalik vinger Norvegiyada o‘tkazilgan uchrashuvda dastlab qoidabuzarlik uchun sariq kartochka oldi. Shundan so‘ng u to‘pni raqib futbolchisiga qarata otgani uchun ikkinchi marta ogohlantirilib, maydondan chetlatildi.
O‘yindan keyin «Bavariya» sport direktori Maks Eberl ushbu vaziyatni izohladi.
«Tripich o‘zini razillarcha tutdi. Biz uning provokasiyasiga uchdik va u o‘z maqsadiga erishdi — futbolchilarimizdan birining maydondan chetlatilishiga sababchi bo‘ldi.
Olise jarimaga tortiladimi? Bu masalani xotirjam muhokama qilamiz», — deya Eberlning so‘zlarini keltirmoqda Bayern & Germany.
Eslatib o‘tamiz, «Viking» va «Bavariya» o‘rtasidagi uchrashuv 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi.













