Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining dastlabki ikki turidan keyin natijadorlik bo‘yicha musobaqa rekordini takrorladi.
Parijliklar ikkinchi turda safarda «Manchester Siti» darvozasiga to‘rtta gol urishdi va 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. Bundan avval, birinchi turda amaldagi Chempionlar ligasi g‘olibi Slovakiyaning «Slovan» klubini 6:1 hisobida mag‘lub etgandi.
Shu tariqa, «PSJ» dastlabki ikki turda raqiblar darvozasiga jami 10 ta gol urdi. Bu natija Chempionlar ligasi tarixidagi rekordni takrorladi.
Musobaqaning dastlabki ikki turida 10 tadan gol urishga avval quyidagi klublar ham erishgan:
- «Real» (Madrid, Ispaniya) — 2013/14 yilgi mavsum;
- «Bavariya» (Myunxen, Germaniya) — 2019/20 yilgi mavsum;
- «Borussiya» (Dortmund, Germaniya) — 2024/25 yilgi mavsum.
Qayd etish joiz, «Real» va «Bavariya» mazkur mavsumlarda Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.













