«Manchester Yunayted» himoyachisi Lisandro Martines Ispaniyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Argentinalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishdan «Barselona» manfaatdor. Kataloniya klubi bir necha yildan buyon futbolchini kuzatib kelmoqda. 2027 yilning yozida Martines erkin agentga aylanishi mumkin. Shu bois «ko‘k-anorranglilar» uni tekinga qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Martines intervyu berib, «Manchester Yunayted» rahbariyatini tanqid qilgan edi.













