Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rivaldo milliy jamoaning 2030 yilgi jahon chempionatidagi imkoniyatlariga baho berdi. Uning fikricha, braziliyaliklar uchun mundialda bosh sovrinni qo‘lga kiritish nihoyatda qiyin bo‘ladi.
«Bu juda mushkul vazifa. Joriy yilda Braziliya terma jamoasining ishtiroki mamlakatda katta umidsizlikka sabab bo‘ldi. Hozir jamoa tarkibi yangilandi. Agar Braziliya 2030 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqsa, bu haqiqiy mo‘’jiza bo‘ladi», — deya Rivaldoning so‘zlarini keltiradi «Sport-Ekspress» nashri.
Braziliya terma jamoasi o‘z tarixida besh marta jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Biroq jamoa so‘nggi bor 2002 yilda mundial g‘olibi bo‘lgan. O‘sha paytda Rivaldo ham chempionlikka erishgan tarkibdan o‘rin olgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatining 1/8 finalida Norvegiyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgan edi.













