O‘zbekiston Superligasining 24-turidan o‘rin olgan yana uchrashuv yakuniga yetdi. Kunning dastlabki o‘yinida “Qizilqum” safarda “Andijon”ni mag‘lub etgan bo‘lsa, “OKMK” “Mash’al” maydonidan muhim 3 ochko bilan qaytdi.
“Andijon” — “Qizilqum”
Andijonda kechgan bahsda mezbonlar “Qizilqum”ga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi. Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol 38-daqiqada Otabek Jo‘raqo‘ziyev tomonidan kiritildi. Qolgan vaqtda jamoalarning urinishlari samarasiz yakunlandi va navoiyliklar safardan 3 ochko bilan qaytishdi.
O‘zbekiston Superligasi
“Andijon” — “Qizilqum” 0:1
Gol: 0:1 — Otabek Jo‘raqo‘ziyev (38).
“Andijon”: 1.Eldor Adhamov, 2.Odilbek Abdumajidov, 7.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (28.Bekzod Sulaymonov, 61), 11.Humoyunmirzo Iminov, 14.Abdurahmon Komilov (5.Abdulvohid G‘ulomov, 73), 15.Nemanya Chalasan, 18.Damir Temirov (26.Muhammadkarim Toirov, 61), 22.Usmonali Ismonaliyev, 27.Martin Boake (10.Dragan Cheran, 77), 33.Doniyor Abdumannopov (17.Aziz Turg‘unboyev, 73), 99.Rustam Turdimurodov.
“Qizilqum”: 1.Farhod Rahmatov, 8.SHahzodbek Rahmatullayev (34.Grigol Chabradze, 83), 10.Islom Kenjaboyev (18.Abbosbek Abdug‘offorov, 77), 15.Nikola Kumburovich, 31.Jambuli Jigauri (23.Samandar Shukurullayev, 77), 40.Nodirxon Ne’matxonov, 44.G‘iyosjon Rizaqulov, 47.Ruslan Roziyev (20.Bobomurod Bozorov, 83), 70.Duglas Maykon, 77.Diyor Rahmatilloyev, 88.Otabek Jo‘raqo‘ziyev (7.Fayzullobek Jumanqo‘ziyev, 59).
Ogohlantirishlar: Odilbek Abdumajidov (43), Nemanya Chalasan (60), Abdurahmon Komilov (64) — Jambuli Jigauri (76), Nodirxon Ne’matxonov (84).
“Mash’al” — “OKMK”
Muborakdagi o‘yin uzoq vaqt davomida golsiz durang bilan kechdi. Uchrashuv davomida har ikki jamoada ham qator xavfli vaziyatlar yuzaga kelganiga qaramay, hisob faqat 85-daqiqaga kelibgina ochildi. Zaxiradan maydonga tushirilgan Asadbek Sobirjonov “OKMK”ga safardagi qiyin g‘alabani keltiruvchi yagona gol muallifiga aylandi.
O‘zbekiston Superligasi
“Mash’al” — “OKMK” 0:1
Gol: 0:1 — Asadbek Sobirjonov (85).
“Mash’al”: 73.Vladislav Rusanov, 5.Komiljon Tojiddinov, 6.Javohir Ubaydullayev (8.Sardor Abduraimov, 46), 11.Mahmud Jo‘raboyev (66.Isomiddin Nusratov, 15; 38.Sunnatulla Yarashev, 81), 19.Tohir To‘xtasinov, 24.Ifeanyi Ifeanyi, 67.Og‘abek Abdiraximov, 76.Firdavs Jovliyev, 87.Muhammadali Boymurodov (2.Zafar Akramov, 52), 88.Ahrorbek Rahimov (28.Ergash Ismoilov, 46), 99.Bobir Asqarov.
“OKMK”: 23.Hamidullo Abdunabiyev, 4.Mirjamol Qosimov (Siavash Haqnazariy, 63), 5.Giorgi Papava, 6.Avazbek O‘lmasaliyev (30. Abror Sarimsoqov, 46), 9.Aziz Xolmurodov, 13.Eldor Begimov, 21.Hazrat Tursunqulov (17.Nodirbek Abdurazzoqov, 46), 22.Saidaafzalxon Ahrorov (9.Ahmadullo Muqumjonov, 67), 28.Arihiro Sentoku, 44.Abror Karimov, 77.Ivan Peshich (10.Asadbek Sobirjonov, 46).
Ogohlantirish: Avazbek O‘lmasaliyev (17).













