Kecha, 14 oktyabr kuni “Manchester Siti” Chempionlar ligasi doirasidagi uchrashuvda “PSJ”ga qarshi maydonga tushdi. O‘yin parijliklarning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshlab, maydonda to‘liq harakat qildi. O‘yindan so‘ng Sofascore Abduqodir Husanovni 6,1 ballga loyiq ko‘rdi.
“Siti” tarkibidagi eng yuqori ballni o‘yinda dubl qayd etgan Xoland qo‘lga kiritdi. Norvegiyalik futbolchiga 9.0 ball qo‘yildi. Enso Fernandes ham yuqori ball olgan kam sonli futbolchidan biri bo‘ldi. Uning harakatlari 8.0 ballga baholandi.
4 ta gol o‘tkazib yuborgan Donnaruma esa o‘yinda eng kam ball olgan futbolchi bo‘ldi. Unga 5.3 ball berildi.














