Insayder Fabrisio Romano ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yozda «qaymoqranglilar» «Manchester Siti» himoyachisi Ruben Diash hamda Milanning «Inter» klubi vakili Alessandro Bastoniga qiziqish bildirgan.
Biroq yakunda madridliklar portugaliyalik va italiyalik futbolchilar nomzodidan voz kechib, «Liverpul»ni tark etganidan so‘ng erkin agentga aylangan Ibraima Konateni taklif qilishga qaror qilgan.
Joze Mourinyo boshchiligidagi jamoa Ispaniya chempionatining sakkiz turidan keyin 18 ochko to‘plab, turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Yakshanba kuni madridliklar o‘z maydonida «Sevilya»ni qabul qiladi.













