Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi va sardori Ris Jeyms tizzasidan jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti orqali ma’lum qildi.
"Jamoamiz sardori Ris Jeyms tizzasidan kichik jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazdi.
26 yoshli futbolchi mashg‘ulot vaqtida olgan jarohatidan so‘ng tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgani sababli shanba kuni "Stemford Brij" stadionida "Bornmut"ga qarshi kechgan uchrashuvni (5:1) o‘tkazib yubordi.
Tibbiy tekshiruv natijalari jarrohlik aralashuvi zarurligini tasdiqladi.
Ris ayni paytda jarohatdan tiklanish jarayonini boshlagan. Reabilitasiya davomida unga klubning Kobhemdagi mashg‘ulot bazasida faoliyat yurituvchi tibbiy shtab har tomonlama yordam beradi.
"Chelsi"dagi barcha Risga tezroq sog‘ayib ketishini tilaydi va uning safga qaytishi yo‘lida qo‘llab-quvvatlashda davom etadi", — deyiladi klubning rasmiy bayonotida.













