Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

«Bavariya» Keyn bilan kelishuvga erishilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

«Bavariya» Keyn bilan kelishuvga erishilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» sport direktori Maks Eberl klub hujumchi Xarri Keyn bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgani haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

«Men ham bu haqda o‘qidim. Ammo hozircha vaziyat o‘zgarishsiz qolmoqda. Muzokaralar yaxshi ketyapti, lekin hozircha sizlarga ma’lum qiladigan yangiligimiz yo‘q», — deya funksionerning so‘zlarini keltirmoqda Bayern & Germany.

33 yoshli hujumchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda to‘qqizta uchrashuvda ishtirok etib, sakkizta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Keynning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi. Nufuzli Transfermarkt portali ekspertlari angliyalik hujumchining transfer qiymatini 60 million yevro deb baholamoqda.

Kiritildi: 15:34, 16.10.2026.
O'qildi: 505 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик