«Yuventus» hujumchisi Fransishku Konseysau Yevropa ligasi umumiy bosqichining 2-turida «Selta»ga qarshi o‘yinda (2:1) almashtirilganiga hissiyotga berilib munosabat bildirdi. Bu haqda A Bola nashri xabar berdi.
Uchrashuvning 64-daqiqasida Turin klubi bosh murabbiyi Luchano Spalletti portugaliyalik futbolchini Niko Gonsalesga almashtirdi. Maydonni tark etayotgan Konseysau zaxira o‘rindig‘ini bir necha bor mushtlari bilan urdi. Shundan so‘ng u murabbiylar shtabi vakillaridan biri bilan tortishib qoldi va kiyinish xonasiga yo‘l oldi.
Qayd etilishicha, vinger ishtirokidagi bunday holat birinchi marta kuzatilmayapti. Avvalroq Spalletti «Kalyari»ga qarshi uchrashuvning tanaffusida ham Konseysauni almashtirgan edi. O‘sha bahs 1:1 hisobida yakunlangan.













