Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoasining «Everton»ga qarshi safar o‘yinlaridagi natijadorligi haqida bilib, qattiq hayratga tushdi.
«Chelsi» 2017 yildan buyon Angliya Premyer-ligasi doirasida «Everton» maydonida o‘tkazgan so‘nggi to‘qqizta uchrashuvda raqib darvozasiga atigi ikkita gol urgan.
«Rostdanmi? Biz bu vaziyatni o‘zgartira olishimizga ishonamiz. Hozir ushbu statistikani yaxshilash uchun yaxshi imkoniyatga egamiz», — deya Alonsoning so‘zlarini keltiradi jurnalist Dom Smit.
London klubi «Everton» maydonida o‘tkazgan so‘nggi to‘qqizta uchrashuvda bor-yo‘g‘i bir marta g‘alaba qozongan.
17 oktyabr kuni jamoalar Angliya chempionatining 7-turi doirasida yana o‘zaro to‘qnash keladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi.













