Londonning «Tottenxem» klubi qishki transferlar oynasida yangi hujumchi sotib olishni rejalashtirmoqda.
TEAMtalk nashri xabar berishicha, yanvar oyida «shporlar» hujum chizig‘ini kuchaytirishga tayyorlanmoqda. Ta’kidlanishicha, jamoa bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi besh nafar nomzodni tanlab olgan. Ular — «Benfika»dan Vangelis Pavlidis, «Espanyol»dan Roberto Fernandes, «Real»dan Endrik, «Frayburg»dan Matanovich va «Kristal Pelas»dan Jan-Filipp Mateta.
«Tottenxem» Angliya chempionatining yangi mavsumini omadsiz boshladi. Jamoa olti turda atigi uch ochko to‘pladi va hozircha birorta ham g‘alabaga erishmadi.
19 oktyabr kuni London klubi Premyer-liganing yettinchi turida o‘z maydonida «Koventri»ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.













