Milanning "Inter" klubi "Bolonya"ga qarshi uchrashuvda irodali g‘alabaga erishdi. Bu ruminiyalik mutaxassis Kristian Kivu shogirdlari uchun joriy mavsumning dastlabki yettita o‘yinidagi oltinchi g‘alaba bo‘ldi. Jamoa faqat "Roma"ga qarshi bahsda ochko yo‘qotgan.
Ma’lum bo‘lishicha, "Inter" mavsumning dastlabki yettita uchrashuvida 19 ochko jamg‘arishga klub tarixida to‘rtinchi bor muvaffaq bo‘ldi. Bu statistika g‘alaba uchun uch ochko berish tizimi joriy etilgan 1994/1995 yilgi mavsumdan boshlab hisoblangan.
Milanliklar ilk bor bunday natijani 1997/1998 yilgi mavsumda qayd etgan. Keyinchalik ushbu ko‘rsatkich 2002/2003 va 2017/2018 yilgi mavsumlarda ham takrorlangan.
Bu natijalar "Inter"ning Italiya A Seriyasida dastlabki yettita tur yakunlari bo‘yicha klub tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Italiya chempionatining navbatdagi turida "Inter" ayni paytda qiyin davrni boshdan kechirayotgan "Fiorentina"ga qarshi maydonga tushadi.













