"Bavariya" yarim himoyachisi Yozua Kimmix Londonning "Arsenal" klubiga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvi oldidan jamoaning tarkib bilan bog‘liq muammolari haqida fikr bildirdi.
Shanba kuni Vensan Kompani shogirdlari Germaniya Bundesligasi doirasida o‘z maydonida "RB Leypsig"ni 6:1 hisobida tor-mor etdi. "To‘pchilar"ga qarshi navbatdagi uchrashuv esa chorshanba kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi.
"Bugun bir-ikki nafar futbolchimiz jarohat oldi. Umid qilamanki, ularning jarohati jiddiy emas.
Olise qizil kartochka olgani sababli maydonga tusha olmaydi. Albatta, bu vazifamizni qiyinlashtiradi, ayniqsa, bunday muhim uchrashuvda.
Ammo tarkibimizda yuqori saviyali futbolchilar yetarlicha. Biz bor kuchimizni ishga solamiz. Navbatdagi o‘yinni sabrsizlik bilan kutyapman", — dedi Kimmix jurnalistlar bilan suhbatda.
"Bavariya" va "Arsenal" o‘rtasidagi uchrashuv 21 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 22 oktyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.













