Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/10 00:00 Valensiya 0-0 Atletik Bilbao
18/10 15:30 Udineze 0-3 Lechche
18/10 17:00 Osasuna 2-0 Rasing
18/10 18:00 Bornmut 2-0 Sanderlend
18/10 18:00 Brayton 5-0 Kristal Pelas
18/10 18:00 Lids 1-1 Man. Yunayted
18/10 18:00 Fiorentina 1-3 Komo
18/10 19:15 Selta 2-1 Alaves
18/10 20:30 Nottingem Forest 0-1 Arsenal
18/10 21:00 Milan 3-2 Atalanta
18/10 21:30 Malaga 2-5 Real Sosyedad
18/10 23:45 Yuventus 0-3 Lasio
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa - Kalyari
19/10 23:45 Parma - Torino
20/10 00:00 Xetafe - Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem - Koventri Siti

Alonso: «Jamoa yetuk o‘yin namoyish etdi»

Alonso: «Jamoa yetuk o‘yin namoyish etdi»

Baho:
+2 | -

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso TNT Sports nashriga bergan intervyusida «Everton» ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi. Angliya Premyer-ligasining 7-turidan o‘rin olgan uchrashuv londonliklarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Biz natijadan ham, namoyish etgan o‘yinimizdan ham juda mamnunmiz. Safarda bizga aynan shunday g‘alaba kerak edi. Jamoa professional, jiddiy va ishonchli o‘yin ko‘rsatdi.

O‘yinni nazoratimiz ostida ushlab turgandek taassurot qoldirdik. Albatta, himoyalanishimizga to‘g‘ri kelgan vaziyatlar ham bo‘ldi. Ammo umuman olganda, jamoa yetuk o‘yin namoyish etdi. Futbolchilar har bir vaziyatda nima qilish kerakligini yaxshi tushunishdi va bizda albatta imkoniyat paydo bo‘lishini bilishardi.

Ikkinchi bo‘limda shunday imkoniyatga ega bo‘ldik. Shundan so‘ng to‘p bilan yaxshi harakat qildik, golli vaziyatlar yaratdik va raqibga deyarli hech qanday imkoniyat bermadik. Safarda g‘alaba qozonish har doim qiyin. Nihoyat, darvozamiz daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldik.

Biz ishlashda davom etishimiz kerak. Bu bor-yo‘g‘i bitta uchrashuv. Agar butun mavsum davomida faqat bir marta gol o‘tkazmasak, bu juda yomon natija bo‘ladi. Bizga bunday o‘yinlar ancha ko‘proq kerak.

Albatta, mavsumda ilk bor gol o‘tkazmaganimiz quvonarli. Endi oldinga intilish, mehnat qilishda davom etish va jiddiy munosabatni saqlab qolishimiz lozim», — deya Alonsoning so‘zlarini keltiradi Sky Sport.

Ayni paytda «Chelsi» Angliya Premyer-ligasida 13 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 12:42, 18.10.2026.
O'qildi: 378 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик