Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/10 00:00 Valensiya 0-0 Atletik Bilbao
18/10 15:30 Udineze 0-3 Lechche
18/10 17:00 Osasuna 2-0 Rasing
18/10 18:00 Bornmut 2-0 Sanderlend
18/10 18:00 Brayton 5-0 Kristal Pelas
18/10 18:00 Lids 1-1 Man. Yunayted
18/10 18:00 Fiorentina 1-3 Komo
18/10 19:15 Selta 2-1 Alaves
18/10 20:30 Nottingem Forest 0-1 Arsenal
18/10 21:00 Milan 3-2 Atalanta
18/10 21:30 Malaga 2-5 Real Sosyedad
18/10 23:45 Yuventus - Lasio
19/10 00:00 Real Madrid - Sevilya
19/10 21:30 Monsa - Kalyari
19/10 23:45 Parma - Torino
20/10 00:00 Xetafe - Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem - Koventri Siti

Diyora Keldiyorova: “Endi mutlaqo boshqa, yangi Diyoraman”

Diyora Keldiyorova: “Endi mutlaqo boshqa, yangi Diyoraman”

Baho:
+ | -

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Olimpiada va Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, Jahon chempionati sovrindori Diyora Keldiyorova (-52 kg) Qozog‘istonning Aqtau shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda oltin medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik sportchi ushbu g‘alabasidan so‘ng jurnalistlarga intervyu berdi.

“Ochig‘ini aysam, Parij Olimpiadasidan oldingi sport formamga to‘liq qaytdim deb ayta olmayman. O‘shanda men boshqacha edim. Hozir men mutlaqo boshqa, yangi Diyoraman — ona sifatida yanada nazokatliman. Shunga qaramay, o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Shunchaki dzyudodan zavq olishni istayman. Men dzyudoni yaxshi ko‘raman, u bilan yashayman va o‘z ishimdan qanchalik zavq olayotganim men uchun juda muhim. Qizim uchun eng muhimi — men uning yonida bo‘lishim, uni bag‘rimga bosishim. Unga faqat ona kerak. Hozircha u mening qanday sportchi ekanligimni tushunmaydi. Ehtimol, vaqti kelib bularning barchasini anglab yetar”, deydi Keldiyorova.

Ma’lumot uchun, 17 oktyabr kuni Qozog‘istonning Aqtau shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnirda Diyora Keldiyorova barcha raqiblarini (jumladan, finalda ozarbayjonlik Farida Mirzayevani) ippon bahosi bilan mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu unga jahon reytingi uchun 100 ochko taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, sportchi 2024 yilgi Parij Olimpiadasida (-52 kg) oltin medalni qo‘lga kiritgach, farzandli bo‘lgani sababli yirik turnirlarda ishtirok etmayotgan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:36, 18.10.2026.
O'qildi: 792 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик