Fransiya Liga 1 musobaqasining 7-turi doirasida «Anje» o‘z maydonida «Marsel»ni qabul qildi. Sermahsul kechgan uchrashuv mehmonlarning 5:2 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Marsel» safida Himad Abdelli, Nuhum Kamissoko, Amin Guiri, Amin Xarit va Igor Payshan gol muallifi bo‘lishdi.
E’tiborlisi, Amin Guiri uchrashuv davomida penaltini aniq amalga oshira olmadi. Biroq oradan atigi bir daqiqa o‘tgach, u raqib darvozasini ishg‘ol etib, o‘z xatosini to‘g‘rilashga muvaffaq bo‘ldi.
Mezbonlar safida esa Lilian Raolisoa va Amin El-Uazzani gol urishdi. El-Uazzani o‘z golini penaltidan kiritdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng «Marsel» hisobidagi ochkolar soni 9 taga yetdi. Jamoa Fransiya chempionati turnir jadvalida sakkizinchi o‘ringa ko‘tarildi.
«Anje» esa 7 ochko bilan 14-pog‘onada joylashgan.
Fransiya chempionati. Liga 1. 7-tur.
18 oktyabr, 18:00. «Raymon Kopa» (Anje)
«Anje» — «Marsel» — 2:5
Gollar: Rao-Lisoa, 14 (1:0), Abdelli, 37 (1:1), Kamissoko, 43 (1:2), Guiri, 60 (1:3), El Uazzani, 75 — penaltidan (2:3), Xarit, 83 (2:4), Payshan, 85 (2:5).
Amalga oshirilmagan penalti: Guiri (59).
«Anje» tarkibi: Antoni Lopesh, Rao-Lisoa, Jernigon, Biumla (Kalulu, 72), Arkus, van den Bomen, Belhdim, Sbai (Bermon, 89), Muton (Peter, 57), Allevina (Jibirin, 72), El Uazzani (Dyatta, 89).
«Marsel» tarkibi: de Lange, Emerson, Kondogbya (Agerd, 60), Igan-Rayli, Vea, Kamissoko (Gomesh, 80), Nnadi (Mope, 90), Payshan, Abdelli (Abdalla, 80), Xarit (Garsiya, 90), Guiri.
Sariq kartochkalar: Biumla (68) — Nnadi (74).













