Germaniya Bundesligasining 6-turi doirasida «Bayer» o‘z maydonida «Frayburg»ni qabul qildi. Uchrashuv leverkuzenliklarning 2:1 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan yakunlandi.
Bahsning 14-daqiqasida mehmonlar hisobni ochishdi. Derri Sherxant raqib darvozasini ishg‘ol etib, «Frayburg»ni oldinga olib chiqdi.
Biroq «Bayer» futbolchilari uchrashuv davomida vaziyatni o‘z foydalariga o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lishdi.
Mezbonlar safida Ibrohim Maza va Patrik Shik bittadan gol urishdi. E’tiborlisi, har ikki futbolchi bir-birining goliga assistentlik ham qildi.
Shu tariqa, «Bayer» hisobda ortda borayotganiga qaramay, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
«Frayburg» esa joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Shunga qaramay, jamoa 13 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida uchinchi o‘rinni saqlab qoldi.
«Bayer» ham 13 ochko jamg‘argan bo‘lib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha «Frayburg»dan ortda qolgan holda to‘rtinchi pog‘onada joylashgan.
Germaniya chempionati. Bundesliga. 6-tur.
18 oktyabr, 18:30. «BayArena» (Leverkuzen)
«Bayer» — «Frayburg» — 2:1
Gollar: Sherxant, 14 (0:1), Maza, 19 (1:1), Shik, 76 (2:1).
«Bayer» tarkibi: Flekken, Medina, Tapsoba, Gutyerres, Kuansa, Fernandes, Garsiya, Maza (Xofmann, 84), Moreyra (Tella, 59), Diabi (Tillman, 73), Shik.
«Frayburg» tarkibi: Bakxaus, Linxart, Ginter, Makengo, Troy (Kyubler, 64), Eggeshtayn, Engelxardt (Osterage, 77), Goto (Xeler, 65), Sherxant (Grifo, 89), Beste (IrYE, 77), Matanovich.
Sariq kartochka: Troy (39, «Frayburg»).













