«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal hamda uning sevgilisi Ines Garsiya oilasiga bir yo‘la ikkita yangi jonivorni qo‘shib olishdi.
Juftlik oltinrang retriver zotidagi ikki kuchukchaning egasiga aylandi.
«Kichkintoylar bilan ilk kunlarimiz. Bundan baxtliroq bo‘lishning iloji yo‘q!» — deb yozdi Ines Garsiya ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan suratlariga izoh sifatida.













