«Roma» himoyachisi Uesli Vinisius Angliya Premyer-ligasining bir qator yetakchi klublari e’tiborini tortmoqda.
Asromalive nashrining xabar berishicha, «Manchester Yunayted» braziliyalik futbolchining o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda va uni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Biroq mankunianliklar ushbu transfer uchun jiddiy raqobatga duch kelishi mumkin. Chunki Ueslining xizmatlariga «Arsenal» va «Nyukasl Yunayted» ham qiziqish bildirmoqda.
Transfermarkt portali himoyachining bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda. Uning «Roma» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Uesli Vinisius 2025 yilda «Roma» safiga qo‘shilgan.













