«Barselona» vingeri Lamin Yamal 2026 yilgi «Oltin to‘p» mukofotini qo‘lga kiritgan taqdirda, ushbu muvaffaqiyatni katta ziyofat bilan nishonlashni rejalashtirmoqda.
Taniqli jurnalist Viktor Navarroning ma’lum qilishicha, 19 yoshli futbolchi Londonda bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimiga o‘zining barcha yaqinlari bilan borish uchun shaxsiy samolyot buyurtma qilgan.
Bundan tashqari, ispaniyalik futbolchi ovoz berish natijasida g‘olib deb topilsa, Parijda maxsus ziyofat uyushtirishni ham rejalashtirib qo‘ygan.
2026 yilgi «Oltin to‘p» mukofotini topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Angliya poytaxti Londonda bo‘lib o‘tadi.
Lamin Yamal mukofot uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanmoqda. U bilan bir qatorda «Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn ham «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilmoqda.













