Portugaliya futboli afsonasi Luish Figu "Barselona"ning yosh yulduzi Lamin Yamal bilan bir jamoada o‘ynagan taqdirda, o‘zining odatiy pozisiyasini o‘zgartirishi mumkinligi haqida hazil qildi.
Faoliyati davomida asosan hujumning o‘ng qanotida harakat qilgan sobiq futbolchi Yamal bilan raqobatlashish masalasiga o‘ziga xos tarzda munosabat bildirdi.
"Agar Yamal bilan birga o‘ynaganimda, ehtimol, chap qanotga o‘tib, pozisiyamni o‘zgartirishimga to‘g‘ri kelardi", — dedi Figu Betfair nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Luish Figu professional faoliyati davomida Lissabonning "Sporting", "Barselona", Madridning "Real" va Milanning "Inter" klublari sharafini himoya qilgan.
Portugaliyalik sobiq yarim himoyachi 2000 yilda "Oltin to‘p" mukofotini qo‘lga kiritgan.
Ayni paytda Lamin Yamal ham mazkur nufuzli sovrin uchun asosiy da’vogarlardan biri hisoblanmoqda.
2026 yilgi "Oltin to‘p"ni topshirish marosimi 26 oktyabr, dushanba kuni London shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.













