«Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skott faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga qaror qildi. Angliyalik futbolchi jamoasi bilan yangi shartnoma imzolash niyatida emas.
Jurnalist Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, 23 yoshli futbolchi «Bornmut» rahbariyati tomonidan taqdim etilgan so‘nggi shartnoma taklifini rad etgan. Skott klubni imkon qadar tezroq tark etishni istamoqda. Avvalroq esa «Bornmut» uni qishki transferlar oynasida qo‘yib yuborish niyatida emasligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Iste’dodli yarim himoyachining xizmatlariga Angliyaning bir qator yetakchi klublari qiziqish bildirmoqda. Xususan, «Chelsi», «Liverpul», «Manchester Siti», «Arsenal» va «Manchester Yunayted» futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Skottning transferi uni xarid qilmoqchi bo‘lgan klubga taxminan 118 million yevroga tushishi mumkin.
Aleks Skott joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













