Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/10 00:00 Alaves 1-1 Malaga
24/10 00:00 Ipsvich 1-1 Nottingem Forest
24/10 16:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
24/10 17:00 Rayo Valyekano 0-3 Elche
24/10 18:00 Kalyari 0-2 Bolonya
24/10 18:00 Komo 2-0 Sassuolo
24/10 18:00 Nasaf 2-1 So‘g‘diyona
24/10 19:00 Arsenal 2-0 Everton
24/10 19:00 Koventri Siti 0-1 Fulhem
24/10 19:15 Rasing 2-1 Espanyol
24/10 21:00 Napoli 3-3 Roma
24/10 21:30 Valensiya 1-2 Vilyarreal
24/10 21:30 Chelsi 0-2 Tottenhem
24/10 23:45 Lasio 2-1 Parma
25/10 00:00 Atletiko 1-0 Deportivo
25/10 16:00 OKMK - Qo‘qon-1912
25/10 16:30 Inter - Fiorentina
25/10 18:00 Atletik Bilbao - Xetafe
25/10 18:00 Qizilqum - Lokomotiv
25/10 18:15 Dinamo - Andijon
25/10 19:00 Kristal Pelas - Nyukasl
25/10 19:00 Xall Siti - Brentford
25/10 19:00 Liverpul - Brayton
25/10 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
25/10 19:00 Atalanta - Frozinone
25/10 19:00 Jenoa - Venetsiya
25/10 20:15 Selta - Betis
25/10 21:30 Sanderlend - Lids
25/10 22:00 Lechche - Yuventus
25/10 22:30 Real Sosyedad - Levante
26/10 00:45 Udineze - Milan
26/10 01:00 Barselona - Real Madrid
26/10 18:30 Xorazm - Navbahor

«PSJ» — «Lion» uchrashuvi Fransiyadagi tartibsizliklar sabab qoldirilishi mumkin

«PSJ» — «Lion» uchrashuvi Fransiyadagi tartibsizliklar sabab qoldirilishi mumkin

Baho:
+ | -

Fransiya chempionatining 8-turidan o‘rin olgan «PSJ» va «Lion» o‘rtasidagi uchrashuv belgilangan muddatda o‘tkazilmasligi mumkin. Bunga mamlakatda rejalashtirilgan ommaviy norozilik namoyishlari va xavfsizlik bilan bog‘liq ehtimoliy muammolar sabab bo‘lmoqda.

L’Équipe nashrining xabar berishicha, Parij polisiyasi prefekturasi Fransiya Professional futbol ligasiga (LFP) murojaat qilib, 25 oktyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan bahsni boshqa sanaga ko‘chirish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘ragan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Fransiyada dam olish kunlari yangi norozilik aksiyalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bir hafta avval mamlakatda bo‘lib o‘tgan namoyishlar davomida to‘qnashuvlar va talonchilik holatlari kuzatilgan edi.

Polisiya dastlab mazkur masalani Liga rahbariyati bilan og‘zaki muhokama qilgan. Payshanba kuni esa uchrashuvni qoldirish yuzasidan rasmiy so‘rov yuborilgan.

Biroq LFP hozircha bahsni boshqa sanaga ko‘chirish uchun yetarli asos yo‘qligini bildirib, bunday qarorni mustaqil ravishda qabul qilishdan bosh tortgan.

Liga o‘z pozisiyasini tushuntirar ekan, yakshanba kuni «Stad de Frans» stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Amerika futboli milliy ligasi (NFL) doirasidagi «Nyu-Orlean Seynts» va «Pittsburg Stilerz» uchrashuvi bekor qilinmaganini misol sifatida keltirgan.

Shu bilan birga, Fransiya Professional futbol ligasi hamda «PSJ» va «Lion» klublari tegishli davlat organlari rasmiy qaror qabul qilgan taqdirda, unga bo‘ysunishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

Agar uchrashuvni qoldirishga to‘g‘ri kelsa, uni 26 oktyabr, dushanba kuni o‘tkazish eng ehtimoliy variant sifatida ko‘rilmoqda. Chunki LFP reglamentiga ko‘ra, bu bahsni tashkil etish mumkin bo‘lgan eng yaqin sana hisoblanadi.

Kiritildi: 16:35, 23.10.2026.
O'qildi: 331 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик