"Barselona" yarim himoyachisi Rodri Ernandes "Real"ga qarshi bo‘lajak "el-klasiko"ning ahamiyati haqida fikr bildirdi.
"Ispaniya futboliga qaytib, "el-klasiko"da ishtirok etish men uchun ulkan quvonch. Bu qarama-qarshilik butun dunyo miqyosida katta ahamiyatga ega. "El-klasiko"ni tomosha qilganda butun dunyo nafasini ichiga yutadi. Umid qilamanki, hammasi ajoyib o‘tadi", — dedi Rodri Marca nashriga.
"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi APL kabi chempionatlarda to‘p surgan o‘yinchilar ba’zan yetarlicha qadrlanmasligi va La Liga futbolchilari darajasida ommaviy e’tibor qozonmasligini ham ta’kidladi.
Rodri Ispaniyaga qaytib, futbolchilarni jahon miqyosida e’tibor markaziga olib chiqadigan bunday uchrashuvda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lganidan mamnunligini bildirdi.
"Barselona" va "Real" o‘rtasidagi La Liganing 10-tur bahsi 25 oktyabr kuni "Kamp Nou"da o‘tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 26 oktyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.
Ayni paytda "Barselona" 27 ochko bilan chempionat peshqadami bo‘lib turibdi. 21 ochkoga ega "Real" esa uchinchi o‘rinni egallagan.













