"Barselona" sport direktori Deku himoyachi Jyul Kundening agenti bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Sport nashriga tayanib xabar berilishicha, klub rahbariyati fransiyalik futbolchining jismoniy holatidan xavotirda. Ayniqsa, yosh himoyachi Xavi Espartning o‘zini ko‘rsata boshlagani Kundening jamoadagi kelajagi borasida savollar tug‘dirmoqda.
2022 yilda "Sevilya"dan 50 million yevroga xarid qilingan Kunde so‘nggi mavsumlarda kataloniyaliklarning asosiy futbolchilaridan biriga aylangan edi. Biroq joriy mavsumda uning o‘yinida pasayish kuzatilmoqda.
Hozircha "Barselona"ning 27 yoshli himoyachi bilan xayrlashish niyati borligi haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.













