"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani shifoxonadan chiqarildi. Bu haqda Myunxen klubining sport direktori Maks Eberl ma’lum qildi.
"Ular nima bo‘lganini aniqlashdi. Bu miya pardalarining ta’sirlanishi ekan, o‘tgan juma kunigi hodisa ham shu sababli yuz bergan. U yaqin orada ishga to‘liq qaytishiga juda, juda ishonchim komil", — deb Eberlning so‘zlarini keltiradi "Bavariya" va Germaniya terma jamoasining X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi.
23 oktyabr kuni Kompani mashg‘ulot paytida hushidan ketgani va shundan so‘ng shifoxonaga olib ketilgani ma’lum bo‘lgan edi. O‘shandan beri 40 yoshli belgiyalik mutaxassis shifokorlar nazorati ostida bo‘lib keldi.













