Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua kasallikdan so‘ng maydonga qaytishga tayyorlanmoqda.
AS nashrining xabar berishicha, 34 yoshli belgiyalik futbolchi 1 noyabr kuni La Liganing 11-turida «Rasing»ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishi mumkin.
Kurtua grippga chalingani sabab «Barselona»ga qarshi «El-klasiko»ni o‘tkazib yuborgan edi. Madridliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozongan o‘sha bahsda darvozani Andrey Lunin qo‘riqlagan.
«Rasing» — «Real» uchrashuvi 1 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













