Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

OFK koeffisientlar jadvalini hisoblash tartibini o‘zgartirdi

OFK koeffisientlar jadvalini hisoblash tartibini o‘zgartirdi

Baho:
+ | -

Osiyo futbol konfederasiyasi koeffisientlar jadvalini hisoblash tartibiga o‘zgartirish kiritdi. Bu haqda Alisher Nikimbayev o‘zining Feysbukdagi sahifasi orqali ma’lumot berib o‘tdi.

Birinchidan, OFKning texnik jadvalida klublar va terma jamoalar to‘playdigan ballar nisbati 70/30dan 90/10ga o‘zgardi. Ya’ni klublar jamg‘aradigan ochkolarning salmog‘i oshirildi.

Ikkinchidan, OFK ilk marta klublarning saralash pley-off bosqichidagi natijalarini inobatga oladigan bo‘ldi. UEFAdan farqli ravishda, bu saralashdagi ballar alohida hisoblanadi. Pley-offdagi ishtirok uchun har bir jamoa 0,3 ball (OFK kubogi — 0,1) oladi. G‘alaba uchun ham 0,3 ball (OFK kubogi — 0,1) beriladi. Durang yoki penaltilar seriyasidagi g‘alaba uchun — 0,15 ball (OFK kubogi — 0,05).

Buni misol yordamida tushuntiradigan bo‘lsak, O‘zbekiston 2017 yilgi OCHLda 3ta klub bilan ishtirok etadi. Ikkita jamoamiz o‘z ishtirokini saralashdan boshlasa, bir klubimiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichida qatnashadi. Deylik, bir jamoamiz o‘z ishtirokini saralashda yakunlab, ikkinchisi guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

Masalan, "X" jamoa saralashda g‘alaba qozondi va buning uchun 0,6 ball oldi, "Y" jamoa esa ilk o‘yindayoq yutqazdi va 0,3 ballga ega bo‘ldi. Shundan keyin, guruh bosqichida ishtirok etgan "X" 6 ochko to‘pladi. Guruhdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashgan "Z" 7 ochko jamg‘ardi deylik. Bunda bir mamlakat jamoalarining guruh bosqichidagi o‘rtacha bali hisoblansa, saralash bosqichidagi ballar umumlashtiriladi hamda ikkala ochkolar bir-biriga qo‘shiladi.

Saralash bosqichi uchun: 0,6+0,3=0,9
Guruh bosqichi uchun: (6+7)/2=6,5
Jami: 0,9+6,5=7,4

Sal murakkabroq hisob-kitob, lekin shunday qilinsa, adolatliroq bo‘ladi.

Uchinchidan, 2017 yilning noyabr oyida yuzaga kelgan koeffisientlar jadvali orqali OFK 2019-2020 yilgi mavsumlar uchun kvotalarni taqsimlaydi.

OFKning yangi tizimi va FIFAning dekabr oyidagi reytingi asosida shakllantirilgan hozirgi kundagi jadvalga nazar tashlasak, O‘zbekiston G‘arb mintaqasida 5-o‘rinni egallab turibdi. Mamlakatimiz 4-o‘rindagi Erondan 13,5 ballga ortda qolmoqda. 2019-2020 yilgi mavsumlar uchun OCHLdagi kvotalarimiz sonini oshirish uchun ana shu farqni yo‘qqa chiqarishimiz kerak bo‘ladi.

OFK koeffisientlar jadvali (G‘arb mintaqasi)
1. BAA — 90,000 + 6.658 = 96,658
2. Qatar — 75,839 + 5.049 = 80,889
3. Saudiya Arabistoni — 64,4354 + 7.432 = 71,867
4. Eron — 49,395 + 10.000 = 59,395
5. O‘zbekiston — 38,918 + 6.916 = 45.834

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:24, 26.12.2016.
O'qildi: 15650 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик