Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Odil Ahmedov: «Germaniya, Ispaniya, Fransiya klublaridan takliflar bo‘lgan, ammo «Krasnodar» transfer borasida u klublar bilan kelisha olmagan»

Odil Ahmedov: «Germaniya, Ispaniya, Fransiya klublaridan takliflar bo‘lgan, ammo «Krasnodar» transfer borasida u klublar bilan kelisha olmagan»

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik yarim himoyachi Odil Ahmedov bugun "Oriat Dono" radiosida "Choy ustida" dasturi mehmoni bo‘lmoqda. Futbolchi Xitoy klubiga o‘tishi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Haqiqatan ham hozirda Xitoy klublaridan takliflar bo‘lmoqda. Ammo men huquqiy jihatdan "Krasnodar"ga tegishliman. Bu boshqa jamoaga o‘tishimda "Krasnodar" klubi ko‘proq rol o‘ynaydi.

Oila a’zolarim va yaqinlarim bilan maslahatlashgan holda, bo‘layotgan taklif o‘zimga yoqsa, bu taklifni qabul qilaman.

Futbolda ba’zida o‘yinchi atmosferani almashtiri kerak bo‘ladi. O‘ylashimcha, shunday vaqt keldi.

Xitoy klubi taklif qilayotgan mablag‘ga har qanday jamoa o‘z o‘yinchisini sotishi mumkin.

Hali qaysi jamoaga o‘tishimni bilmayman. "Krasnodar" men qo‘yib yuboradimi yoki yo‘qmi, bu ham aniq emas. Agar hamma narsa menga bog‘liq bo‘lganida, men aniq fikr aytgan bo‘lardim. Transfer masalasi klubga, agentga va yana boshqa jihatlarga bog‘liq. Hamma narsa yanvarda hal bo‘lishi kerak.

Xitoy chempionatida asosan kuchli legionerlar evaziga kuchaymoqda. Bu tomonlama chempionat rivojlanib bormoqda. O‘ylaymanki, Xitoy chempionatiga o‘tsam, bu men uchun zarar bo‘lmaydi.

Besh yildan beri Yevropa ligasi musobaqasida ishtirok etib kelaman. Bu vaqt davomida Germaniya, Ispaniya, Fransiya klublaridan takliflar bo‘lgan. Lekin "Krasnodar" transfer borasida u klublar bilan kelisha olmagan. O‘zimga bog‘liq bo‘lganida, Yevropaning kuchli chempionatlariga yo‘l olgan bo‘lardim. O‘zimga ko‘proq Germaniya chempionati yoqadi", - dedi Odil Ahmedov.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:30, 28.12.2016.
O'qildi: 13158 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.