"Bavariya"ning sobiq bosh murabbiyi Ottmar Xitsfeld hozirgi bosh murabbiy Karlo ANchelottining ishini tahlil qildi.
"Anchelotti ish sxemasi, mashg‘ulotllar va futbolchilar bilan munosabatni yo‘lga qo‘ymoqda. U bunga o‘z intuisiyasi va tajribasiga tayanib bajarmoqda. Karlo uzoq muddatli rejalar tuzyapti. Uning klublari ikkinchi davralarda kuchliroq o‘ynab, milliy va halqaro arenalarda g‘olib bo‘lgani tasodif emas", - deydi Xitsfeld.