Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

«Nasaf» ikkala nazorat uchrashuvida ham g‘alaba qozondi

«Nasaf» ikkala nazorat uchrashuvida ham g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Bugun “Nasaf” jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarliklarning dastlabki bosqichi yakunida G‘uzorning “SHo‘rtan” jamoasi bilan ikkita nazorat uchrashuvi o‘tkazdi. Nazorat uchrashuvlari “Markaziy” stadion yonidagi mashg‘ulotlar maydonida bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki nazorat uchrashuvida murabbiylar asosan asosiy tarkib o‘yinchilarini maydonga tushirishdi. Birinchi bo‘lib uchrashuvdagi hisobni “SHo‘rtan” jamoasi ochgan bo‘lsada, oradan uch daqiqa o‘tib Shaxboz Erkinov penaltidan hisobni tengalashtirdi. Oradan olti daqiqa o‘tib yana mohir hujumchimiz o‘zining ikkinchi golini kiritdi va hisobni 2:1ga o‘zgartirdi. Uchrashuvdagi jamoamizning yana bir golini Farruh Sayfiyev kiritdi. “SHo‘rtan” jamoasining uchrashuvdagi ikkala goliga ham G‘ulom Rahmonov mualliflik qildi. Shunday qilib, birinchi nazorat uchrashuvi 3:2 hisobida jamoamiz foydasiga hal bo‘ldi.

1-nazorat uchrashuvi. 28.12.2016
“Nasaf” (Qarshi) – “SHo‘rtan” (G‘uzor)  3:2 (2:1)
Uchrashuv hakami: Firdavs Norsafarov
Gollar: Shaxboz Erkinov (pen.) 30’-1:1, 36’-2:1, Farruh Sayfiyev, 83’-3:2 - G‘ulom Rahmonov, 27’-0:1, 68’-2:2
“Nasaf”: Eldor Suyunov, Najmiddin Normurodov, Ildar Mamatkazin, Sherzod A’zamov, Shuhrat Muhammadiyev, Farruh Sayfiyev, Fozil Musayev, Dilshod Rahmatullayev, Bahrom Abdurahimov, Azamat Allaniyozov. Shaxboz Erkinov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Sanjar Quvvatov, Dilshod Xushbakov.
“SHo‘rtan”: Alibek Turobov, Azamat Isroilov, Mirmuhsin Sattorov, Umar Eshmurodov, Akram Bahromov, Ma’ruf murodov, Olimjon Karimov, Eldor Boymatov, G‘ulom Rahmonov, Yusuf Bo‘riyev, Zafar Polvonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Akmal Rahimov, Nurali Padarov, Yo‘lchi Fayzullayev, Elyor Tog‘ayev, Shahzodbek Husanov.

Ikkinchi nazorat uchrashuvida murabbiylar asosan yosh futbolchilarni maydonga tushirishdi. Shunisi e’tiborliki, bu uchrashuv birinchi uchrashuvga nisbatan qiziqarliroq va gollarga ham boy bo‘ldi. Navbatdagi nazorat uchrashuvidagi jamoamiz gollarini Bobir Abduxoliqov (2), Dilshod Xushbakov (2), Sirojiddin Qo‘ziyev va Islom Rashidxonovlar kiritishdi. “SHo‘rtan” jamoasining uchrashuvdagi yagona golini Ixtiyor Pardayev kiritdi.

Ikkinchi nazorat uchrashuvida jamoamizda ikki nafar yangi o‘yinchi harakat qildi, bular “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘rinbosarlari tarkibi o‘yinchisi, darvozabon Aziz Isoqov va birinchi liga vakili “Kosonsoy” jamoasining hujumchisi Anvar Hojimirzayevdir.

“Nasaf” jamoasi ikkinchi nazorat uchrashuvida “SHo‘rtan” jamoasini yirik 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

2-nazorat uchrashuvi. 28.12.2016
“Nasaf” (Qarshi) – “SHo‘rtan” (G‘uzor) 6:1 (1:0)
Uchrashuv hakami: Naim Qosimov
Gollar: Bobir Abduxoliqov (pen.), 6’-1:0, 60’-3:0, Dilshod Xushbakov (pen.), 49’-2:0, 70’-4:0, Cirojiddin Qo‘ziyev (pen.), 82’-5:1, Islom Rashidxonov, 89’-6:1 – Ixtiyor Pardayev, 73’-4:1.
“Nasaf”: Aziz Isoqov, Sharf Muhitdinov, Aziz G‘aniyev, Islom Kenjaboyev, Doniyor Narzullayev, Odil Hamrobekov, Anvar Xojimirzayev,Sirojiddin Qo‘ziyev, Islom Rashidxonov, G‘olib G‘aybullayev, Bobir bduxoliqov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Dilshod Xushbakov, Najmiddin Normurodov.
“SHo‘rtan”: Akmal Rahimov, Nurali Padarov, Yo‘lchi Fayzullayev, Mirmuhsin Sattorov, Sherbek Eshmirzayev, Timur Komiljonov, Rustam Haydarov, Ilhom Abdiyev, Elyor Tog‘ayev, Mirjalol Mirzayorov, Shohjahon Ma’murov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Og‘abek Erkinov, Nurbek Yo‘ldashev, Arslo Elbekov, Ixtiyor Pardayev, Sanjar Axmedov, Izatillo Xolliyev, Sarvar Mirzayev.

Bugundan “Nasaf” jamoasi futbolchilariga yangi yil bayrami munosabati bilan qisqa dam olish kunlari berildi. Jamoa endi 3 yanvar kunidan mavsum tayyorgarliklarini 2-bosqichini boshlashadi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 16:28, 28.12.2016.
O'qildi: 7328 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.