Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Rio-2016 qahramoni Shahram G‘iyosov Osiyoda yil kashfiyoti sifatida tan olindi

Rio-2016 qahramoni Shahram G‘iyosov Osiyoda yil kashfiyoti sifatida tan olindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Osiyo boks konfederasiyasi (ASBC) 2016 yil sarhisobini qilib, turli nominasiyalarda qit’aning eng yaxshi bokschilarini aniqladi. Bu haqda «KazInform» xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, g‘oliblar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ovoz berish yo‘li orqali aniqlandi. Ular orasidan o‘zbekistonlik ikki nafar bokschi ham o‘rin oldi. Osiyo boks konfederasiyasi Rio–2016 Olimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi Shahram G‘iyosovni «Yil kashfiyoti» deb topdi.

«Real» rahbariyati muvaffaqiyatlarini Krishtianu Ronaldu uslubida nishonlaydigan Shahram G‘iyosov bilan aloqaga chiqdi

Yana bir o‘zbekistonlik bokschi Jasurbek Latipov AIBA Pro Boxing (APB) yo‘nalishi bo‘yicha 2016 yilning eng yaxshi bokschisi deb tan olindi.

Qolgan nominasiyalarda quyidagi bokschilar g‘olib bo‘ldi:

Osiyoda yilning eng yaxshi bokschisi – Daniyar Yeleusinov (Qozog‘iston);
Osiyoda yilning eng yaxshi ayol bokschisi – In Junxua (Xitoy);
Osiyoda yilning eng yaxshi yosh bokschisi – Xayato Susumi (YAponiya);
Osiyoda yilning eng yaxshi qiz bokschisi – Pan Sumey (Xitoy);
Osiyoda yilning eng yaxshi o‘smir bokschisi – Kristian Pitt Lorent (Filippin);
Osiyoda yilning eng yaxshi o‘smir qiz bokschisi – Yu Lisay (Xitoy);
Osiyoda yilning eng yaxshi WSB bokschisi – Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston);
Osiyoda yilning eng yaxshi murabbiyi – Patrisio Gaspi (Filippin);
Osiyoda yilning eng yaxshi supervayzeri – Karina Pikson (Filippin);
Osiyoda yilning eng yaxshi delegati – Billi Vong (Makao);
Osiyoda yilning eng yaxshi referisi – Jinjing Jang (Xitoy).

Qayd etish joiz, Qozog‘iston boks federasiyasi Osiyoda 2016 yilning eng yaxshi milliy boks federasiyasi deb topildi.

Ma’lumot uchun, Rio–2016 Olimpiada chempioni Hasanboy Do‘stmatov Xalqaro havaskor bokschilar assosiasiyasi (AIBA) tomonidan 2016 yilning eng yaxshi bokschisi deb tan olingandi. Bundan tashqari, Do‘stmatov O‘zbekistonda yil sportchisi deb topildi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:14, 29.12.2016.
O'qildi: 8212 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.