Kirish Ro'yxatdan o'tish

Olmo Ispaniyaga Jahon kubogi topshirilayotganda yuz o‘girib olgan argentinaliklar haqida gapirdi

Olmo Ispaniyaga Jahon kubogi topshirilayotganda yuz o‘girib olgan argentinaliklar haqida gapirdi

Baho:
+ | -1

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Daniel Olmo JCH-2026 final o‘yinidan so‘ng argentinalik futbolchilarning qilgan harakati haqida o‘z fikrini bildirdi.

Yevropa vakillari ushbu bahsda 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Oldinroq FIFA rahbari Janni Infantino va AQSH prezidenti Donald Tramp Ispaniya terma jamoasi sardori Rodriga Jahon kubogini topshirayotgan shohsupa tomonga argentinalik futbolchilar orqa o‘girib turgani haqida xabar berilgan edi.

«Ularning orqa o‘girib olishganimi? Inson qanday qadriyatlarni ulashishi juda muhim. Biz ko‘plab avlodlar uchun o‘rnakmiz va menimcha, ular ham o‘rnak bo‘lishlari kerak edi», — deydi Olmoning so‘zlarini Ole nashri.

Ispaniya terma jamoasi o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempioniga aylandi. Janubiy Amerika vakillari esa uch karra jahon chempioni hisoblanadi.

Kiritildi: 19:29, 22.07.2026.
O'qildi: 4920 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик