Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Odil Ahmedov: «Xitoy chempionatiga — ortga qadam emas»

Odil Ahmedov: «Xitoy chempionatiga — ortga qadam emas»

Baho:
+ | -

«Krasnodar» va O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Odil Ahmedov bugun rasman «SHanxay SIPG» klubi a’zosiga aylandi. Futbolchi nima uchun faoliyatini Xitoyda davom ettirishga qaror qilgani haqida fikr yuritdi.

«Menga nafaqat Xitoydan, balki Yevropadan ham takliflar bor edi. Men hammasini tosh-tarozuga qo‘yib ko‘rib, Xitoy klubi taklifini qabul qilishga qaror qildim. Boisi, bundan "Krasnodar"ga maksimal foyda bo‘ladi. Xitoy chempionatiga o‘tish — professional nuqtai nazardan ortga qadam deb o‘ylamayman. Sababi, hozirda bu chempionatda jahonning yetakchi futbolchilari o‘ynashmoqda hamda jamoalarni eng yaxshi murabbiylar boshqarishmoqda.

Jumladan, men qaror qabul qilishdan oldin Villash-Boash bilan gaplashdim. U menga jamoadagi vaziyat va mening klubdagi o‘rnimni to‘liq tushuntirib berdi. Mening "Shanxay SIPG"ga o‘tishim terma jamoaga ham yaxshi bo‘ladi. Murabbiylar shtabi mening o‘yinimni kuzatib borishadi.

Afsuski, jamoa bilan xayrlashishga ulgurmadim. Boisi, ta’til boshida klubdan jo‘nab ketgandim. Shartnoma imzolashdan oldin Sergey Galiskiy menga ko‘ng‘iroq qildi, bir-birimizga omad tiladik. Sergey Nikolayevich kabi insonlar Rossiya futboliga kerak, deb hisoblayman. U Rossiya futboli uchun ko‘p ish qilmoqda, mamlakat futboli haqida ko‘p qayg‘urmoqda. U o‘z jamoasi bilan Rossiya chempioni bo‘lishini tilayman. U bunga munosib», — deydi Ahmedov.

Manba: tass.ru
Kiritildi: 19:49, 30.12.2016.
O'qildi: 10464 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик