Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo - Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem - Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

Valeriy Nepomnyashiy: "Odil Ahmedov Yevropaga emas, Xitoyga yo‘l olganidan afsusdaman"

Valeriy Nepomnyashiy: "Odil Ahmedov Yevropaga emas, Xitoyga yo‘l olganidan afsusdaman"

Baho:
+ | -

Taniqli mutaxassis, o‘z vaqtida "Paxtakor" jamoasi va O‘zbekiston terma jamoasini boshqargan Valeriy Nepomnyashiy Odil Ahmedov haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Men Ahmedovda hozirgisidan ham yaxshiroq futbolchini ko‘rgandim. Odilni jiddiy saviyadagi o‘yinchi deb hisoblar edim. Uning Yevropaga emas, Xitoyga yo‘l olganidan afsusdaman. Ammo bu bir tarafdan uning o‘zi uchun yomon emas.

Ahmedov 18 yoshida o‘zini 30 yoshli futbolchiday tutuar edi. Hammasini bilar, hamma narsani qila olar, juda bilimli edi. Hayotda o‘ta kamtar, xotirjam va uyatchan bola, ammo maydonda - butunlay o‘zgacha. Odilga qo‘lidan kelgan ishlarni bajarishga qo‘yib berish kerak edi, o‘shanda uning salohiyati ko‘rinadi. Bu yerda mening xizmatim yo‘q.

Eslayman, o‘sha vaqtda ikkita yosh yigit paydo bo‘lgan edi - Ahmedov va Vitaliy Denisov. Ular O‘zbekiston terma jamoasida ko‘p narsani hal qilar edilar. Bilasizmi, murabbiy ba’zi futbolchilarga e’tibor berishi shart bo‘lmaydi. Odilni qo‘llab-quvvatlash kerak edi. U betgachopar va surbet emas. Ammo cho‘qqilarni zabt etish uchun keskinroq bo‘lish kerak.

Ahmedov bundan ko‘prog‘iga loyiq. Ammo Odil faoliyatining Rossiyadagi qismini munosib o‘tkazdi. U oliy darajadagi professional va jamoaviy o‘yinchi. U tayanch yarimhimoyachisi bo‘lishiga qaramay, "Krasnodar" uni qanotda o‘ynatdi. U "Anji"ning yulduz tarkibida o‘ynadi. "Krasnodar"da ham oxirgi rollarda bo‘lmadi", - deydi Nepomnyashiy.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 06:16, 31.12.2016.
O'qildi: 10298 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.