«Al-Hilol» Saudiya Arabistoni chempionatining 28-turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yinda g‘alaba qozonib, «An-Nasr» bilan oradagi farqni qisqartirdi.
Bugun Simone Indzagi shogirdlari «Al-Xalij» jamoasidan ustun kelishdi — 2:1.
31 ta o‘yindan so‘ng «Al-Hilol» hisobida 77 ochko mavjud va jamoa ikkinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam «An-Nasr» esa 79 ochko jamg‘argan. Ushbu ikki jamoa 12 may kuni o‘zaro to‘qnash kelishadi.













