OAVda «Real»dagi keskinlikka oid yangi insayd ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, «qaymoqranglar» tarkibida bir necha oydan beri asosiy yulduzlar — Kilian Mbappe va Jud Bellingem o‘rtasida mojaro davom etmoqda. Mojaroga La Liganing bir uchrashuvi paytidagi tortishuv sabab bo‘lgan. Ushbu holat fevral oyida yuz bergan. Shundan so‘ng Mbappe va Bellingem o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan.
Qayd etilishicha, «Real»dagi muhit fransuz futbolchisi Parijda o‘rganib qolgan sharoitdan ancha farq qiladi. Yechinish xonasidagi vaziyat idealdan ancha yiroq — jamoa ichida keskinlik sezilmoqda. «Real» futbolchilari bir-biri bilan ancha qattiq va sovuq tarzda muloqot qiladi.













