Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Beppe Marotta: "Yuventus"ga kelasi mavsum uchun top-saviyali yarimhimoyachi kerak"

Beppe Marotta: "Yuventus"ga kelasi mavsum uchun top-saviyali yarimhimoyachi kerak"

Baho:
+ | -

"Yuventus" bosh direktori Juzeppe Marotta klubning transfer bozoridagi ishlari haqida gapirdi.

"Hozirgi trakibimizdagi har bir chiziqdan ko‘nglimiz to‘q. Oktyabrga taqqoslaganda, Rinkonni sotib oldik, Markizio jarohatidan to‘liq qutildi. Shunday ekan, bu yana ikki o‘yinchi degani.

Bundan tashqari "Atalanta"dan Kaldarini sotib oldik, shu sababli ikkita yangi o‘yinchiga egamiz.

Yanvarda ham kelajak uchun ishlaymiz. Biz hozir sotib ololmaydigan futbolchilar bilan gaplashamiz. Biz Kaldarini jamoamizga juda mosligi uchun sotib oldik. Bizda ajoyib himoyachilar bor, ammo ular yosh emaslar, biz esa kelajakni o‘ylashimiz kerak.

Yarimhimoyada yosh italiyaliklar bor va bizga kelasi mavsum uchun top-saviyadagi yarimhimoyachi kerak. Xitoy klublarida mablag‘ ko‘p, ular istalgan o‘yinchi bilan muzokara olib boryaptilar. Bu bizni o‘ylantirishga majbur qilyapti.

Men yanvarda xitoyliklarning bizning o‘yinchilarimizdan kimnidir sotib olishidan qo‘rqmayman, chunki shartnomalar bor", - deydi Marotta.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 09:40, 05.01.2017.
O'qildi: 3964 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик