Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi - Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli - Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol - Al-Ittihod
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) - Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya - Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol - As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa

Hasanali Qodirov blogida: «Darbadarlik»

Hasanali Qodirov blogida: «Darbadarlik»

Baho:
+1 | -

Abdulhafiz Abdulaziz o‘g‘li futbolimiz ahvolidan o‘zgacha qayg‘urib maqolalar yozmoqda. “Futbol Eksress”ning 2017 yil 1-sonida uning ikkita maqolasini bosib chiqarishdi. Birida “O‘gay” liganing harobatidan ezilib yozgan bo‘lsa, boshqasida har yarim yilda klublarni qaqshatadigan ko‘chmanchilikdan zorlanib yozgan. Bu maqolalarni rahbariyat o‘qimaydi. Futbolimiz holatidan kuyunmaydi. Ushbu maqolalarga munosabat bildirmaydi. Yo tasdiqlab, yo inkor etib keyingi sonda chiqish qilmaydi. Rahbariyat uchun xalq bilan muloqat qilish begona narsa.

KIM ITU, KIM KARVON
Bunday sharoitda klub murabbiylari, xususan “So‘g‘diyona” bosh murabbiyi Davron Fayziyev kabilar ne mashaqqat bilan qura boshlagan o‘yin imorati har yarim yilda yerparchin bo‘lishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rmoqdalar. Ular ko‘rib turganini ko‘rolmay, bunga ko‘nikolmay, nima qilarini bilolmay hayron turishibdi. Sarg‘ayib yurishibdi. Bunday sharoitda “So‘g‘diyona”da bultur yangi o‘yin shakl topa boshlagan edi. Bu yil shu o‘yinchilar bilan birga boshlagan ishni davom ettirib, “Buxoro”, “Qizilqum”ga o‘xshab chetdan ozgina kuchlirog‘ini yig‘ib kelmasdan ham, boshqalarni shilmasdan ham mana shu o‘yinini kuchaytirib, tanlagan o‘yin tasvirini voyaga yetkazib ijod qilsa, izlansa bo‘lar edi. Keyingi yili uch yillik mehnatning natijasini hammaga ko‘rsata olar edi. Qarabsizki, “So‘g‘diyona” ham “Nasaf”ga o‘xshagan mag‘zi to‘q, ertasi tayin jamoaga aylanarmidi? Bunday deyishimga asos bor. Ko‘chmanchilik klublargayam, futbolchilargayam katta zarar yetkazmoqda. Turkman milliy termasining asosiy o‘yinchisi bo‘lgan Gevorkyan yarim yildan beri yangi jamoa “Lokomotiv” o‘yiniga qo‘shilib keta olmayapti. Boshqalarni aytmay qo‘ya qolay. Har yarim yo har bir yilda klubni almashtiruvchi futbolchining o‘yini o‘smaydi. Bu aniq.

Har yarim yilda sodir bo‘ladigan bunday ko‘chmanchilik tufayli, ya’ni murabbiy mehnatini vayron qiladigan “ko‘chki” tufayli “So‘g‘diyona”ning erishgan yutuqlari, o‘yin imorati har gal “loy”ga qorilib ketadi, “loy” ostida qolib ketadi. Bu ham aniq gap. Futbolchilarning 5 so‘m ko‘proq pul topayin deb izg‘ib yurish poygasi boshlandi. “Loyli” joy topish ilinjida tentirash boshlandi. 3-4ta klub murabbiylari Yelichichga o‘xshab, har bir futbolchi mahoratini yil sayin o‘stirib natija ko‘rsatayotgan bo‘lsa, qolganlari har bir chiziqqa ko‘ziga ozgina kuchliroq ko‘ringan yangi o‘yinchini chetdan qidira boshlaydi. Topganini ko‘tarma pullar bilan avrab olib keladi. O‘zinikini haydaydi. Keyin yarim yildan so‘ng, murabbiylik mahorati kam emasmi, adashganini sezib qolib, oyligini bermay, qarzini uzmay yangisini ham haydab yuboradi. Undanda “kuchlirog‘ini” izlaydi. Yil sayin bunday “charxpalak” aylana beradi.

Ko‘chmanchilikdan nisbatan boyroq bo‘lgan voha klublari “foyda” ko‘rib qolsa, vodiy klublari har yili qurgan jamoa o‘yini o‘sha yiliyoq vayron bo‘lganiga chidab, bir amallab kun ko‘rib yurishibdi. Bu holatdan o‘zbek futboli xonavayron bo‘lmoqda. Bunday holatga Abdulhafiz (№1, 7-sahifa) futbolchilarning shaxsiy manfaatini aybdor qilmoqda. Manimcha, bu nohaq ayblov. Har bir futbolchining shaxsiy manfaatini oyoq osti qilgan, futboldan kurash zavqini olib qo‘ygan, insonda insoniy talablarni hor qilib qo‘ygan bugungi futbol xo‘jaligimiz aybdordir, unda hukm surayotgan boqimandalik tizimi va bu holatni yaratib qo‘ygan futbolimizning tanbal rahbariyati aybdordir. Gazetaning har bir sonida Abdulhafiz zorlanib yozadi, Zafarlar, Qahramonlar bosh qotirib yozishadi, Hasanali-otangiz yig‘lamoqdan beri bo‘lib, tanqidni tahlil qilib ezilib yuradi. Rahbariyatning parvoyi falak. It huradi, karvon o‘ta beradi, deganlaridek, bez bo‘lib tura berishadi. Lekin ushbu futbol karvonimiz qayoqqa ketyapti, rivojlanish strategiyasi qanday? Bu savollar bilan rahbariyatning ishi yo‘q. Hech kim bilan muloqatga kirishmaydi. Hech kimning manfaatini o‘ylamaydi. O‘zining tub manfaatini ham tushinib yetmaydi.

Davomi Hasanali Qodirov blogida.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:12, 06.01.2017.
O'qildi: 8984 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик