«Bornmut» himoyachisi Natan Ake ijaradan chaqirib olindi. Uning huquqi «Chelsi»ga tegishli bo‘lib, londonliklar rahbariyati uni ortga qaytarishga qaror qilishdi.
«Ake – juda yaxshi futbolchi. U «Bornmut»da o‘ynay boshladi va har bir bahsda maydonga tusha boshladi. Ochig‘i, men uning holatini baholab boryapman. Ushbu transfer paytida u biz uchun qiziqarli variant bo‘ladi», – deydi "Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte.
21 yoshli Natan Ake APL doirasida 12ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi.