Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

O‘zbekistonlik professional bokschilar Malayziyadagi musobaqada muvaffaqiyat qozondi

O‘zbekistonlik professional bokschilar Malayziyadagi musobaqada muvaffaqiyat qozondi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston bokschilari Malayziyadagi professional arenada raqiblari ustidan muddatidan oldin g‘alabaga erishdi.

7 yanvar kuni Johorda (Malayziya) Johor International Boxing Championship 2017 (JIBC) professional boks kechasi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik ikki nafar professional bokschi — Qudratulla Abduqahhorov va Azizbek Abdug‘afurov ringga ko‘tarildi, deb xabar bermoqda Asian Boxing nashri.

JIBC`da Singapul, Birlashgan Arab Amirliklari, Indoneziya, Tailand, Filippin va O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi.

23 yoshli Qudratulla Abduqahhorov (9−0−0, 5 KO) 2015 yil oktyabrida o‘z debyutini boshlagan bo‘lib, to‘qqizinchi jangini olib bordi. Unga 28 yoshli filippinlik Romeo Jakosal (18−14−1, 10 KO) raqiblik qildi. O‘zbekiston bokschisi raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va beshinchi raundda uni texnik nokautga uchratdi. Abduqahhorovning kelgusi jangi 10 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Janubiy Afrika Respublikasining eng yaxshi bokschilaridan biri, Xalqaro boks tashkiloti talqini bo‘yicha jahon chempioni Tsiko Mulovxedzi (11−7−3, 6 KO) bilan bellashadi. 25 martda esa World Boxing Council kumush chempionlik tituli uchun Zimbabve vakili Charlz Manyuchi bilan jang qiladi.

Qudratulla Abduqahhorov BoxRec -professional bokschilar ro‘yxatini yuritish va yangilab borishga ixtisoslashgan nufuzli Britan nashri reytingiga ko‘ra, vazn toifasidan qat’i nazar O‘zbekistonning eng yaxshi professional bokschisi hisoblanadi. Andijonning Qo‘rg‘ontepasidan bo‘lgan bokschi World Boxing Federation, yoshlar o‘rtasidagi World Professional Boxing Federation va 66,7 kg gacha yarim o‘rta vaznda Osiyoning Asian Boxing Council talqinlari bo‘yicha ham chempionlik tituliga egalik qiladi.

24 yoshli Azizbek Abdug‘afurov (4−0−0, 4 KO) o‘zining so‘nggi jangida 72,6 kg gacha o‘rta vaznda WBC talqini bo‘yicha Osiyo chempioni kamarini yutib oldi. U 34 yoshli indoneziyalik Aleksandra Bajavaga (41−3−4, 14 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. Abdug‘afurov raqibini ikkinchi raunddayoq mag‘lub etdi. O‘zbek bokschisi 10 fevral kuni tailandlik bokschi Sirimongokol Singvangchey (91−2−0, 57 KO) bilan jang olib boradi.  

Manba: gazeta.uz
Kiritildi: 12:00, 09.01.2017.
O'qildi: 7586 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик