Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

5 karra «Oltin to‘p» sohibi bilan ro‘y bergan 5 voqea

5 karra «Oltin to‘p» sohibi bilan ro‘y bergan 5 voqea

Baho:
+ | -

5 karra «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan Lionel Messining muxlislari millionlab topiladi. Yurtimizda ham minglab balki millionlab ishqibozlar Messining o‘yinlari zavq bilan tomosha qilishadi. Shunday muxlislar borki, Messimaniya hurujiga chalinishgan.

5. Chin muxlislar yulduzlar bilan birga suratga tushish yoki dastxat olish ilinjida ularni kuniga o‘n martalab bezovta qilishadi. Messi Barselona aeroportida nazardan chetda qolib ketishi mumkin emasdi – bu oddiy aksioma. Ammo uning muxlislaridan birining 2010 yil fevralidagi holatini eslamasa bo‘lmaydi. Gap shundaki, savlatli janob ko‘chaga chiqib borayotgan Lionelni ortidan quvib borib, pardon va ishtonsiz qoldi. Buning ustiga, esdalik uchun surat ham olomadi va kamiga butun dunyoga sharmanda bo‘ldi.

4. Bunday holatga futbolchilar rok-yulduzlardan farqli ravishda, kamdan-kam tushishadi. Lekin Messi bilan ro‘y bergan voqea 60-yillarda «Bittlz» atrofida bo‘lgan tarixni eslatadi. Amerika kubogi-2007 doirasidagi Argentina-Peru uchrashuvidan keyin Lionel kiyinish xonasiga kiraverishda shundoqqina yo‘lakka tutashgan tribunada o‘tirgan muxlisaga salom beradi. Qiz shu vaziyatni kutganidanmi yoki Messining e’tibor berganidanmi, ancha baland beton to‘siq ustidan sakrab, uning qarshisida paydo bo‘ldi. Hamma-hamma – futbolchilar, muxlislar, qoida buzuvchini ushlashga kech qolgan polisiya xodimlari kabi Lionelning o‘zi ham «shok»da edi. Hech qayeri lat yemagan qiz esa, Messidan o‘zi istagan bo‘sani qabul qildi. Dovyuraklik uchun munosib tuhfa, shunday emasmi?

3. Argentinalik siyosatchi Alfredo Olmedo o‘zining saylovoldi kampaniyasida Lionel bilan tushgan suratidan foydalanadi. Vaholanki, siyosashunos buning uchun na futbolchi van a uning agentidan ruxsat so‘ragandi. Umuman, bu surat Buyenos-Ayres aeroportida olingan ekan. Olmedoning saylovdagi natijalaridan xabarimiz yo‘g‘u, leki surat yordamida katta miqdorda ovozga ega bo‘lgani aniq.

Davomi >>

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:06, 09.01.2017.
O'qildi: 23055 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.